Isroil havo kuchlari Livan hududiga zarbalar bergani haqida xabar berdi

Isroil havo kuchlari Livan hududiga zarbalar bergani haqida xabar berdi

Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) Livanning bir qancha nuqtalariga zarba berilganini tasdiqladi. Kecha, 27 iyul kuni Isroil rasmiylari Livanning Hizbulloh harakatining Golan tepaliklarida hujum qilgani haqida xabar berdi.

“Isroil harbiy-havo kuchlari bir kechada Livan hududi ichida ham, janubiy Livanda ham “Hizbulloh” terrorchilik guruhining bir qator nishonlariga, jumladan, qurol-yarog‘ omborlari va terror infratuzilmalariga zarbalar berdi”, — deyiladi SAXAL bayonotida.

27 iyul kuni kechqurun Isroil shimoli Livan tomonidan katta o‘qqa tutildi. SAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, Golan tepaliklarida 12 kishi halok bo‘lgan. Isroil Hizbulloh zarbalarni Eron raketalari yordamida amalga oshirganini da’vo qilmoqda. Harakatning o‘zi hujumlarga aloqadorligini rad etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!