Internet orqali 14 mln so‘mni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Internet orqali 14 mln so‘mni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida joriy yilning 21 oktyabr kuni Jizzax shahar SH.Rashidov ko‘chasida yashovchi M.A. (ismli ayol) IIBga murojaat qilgan.

Arizada u shu yil 17 oktyabr kuni plastik kartochkasiga 14 mln. so‘m pul tushirganligi va ushbu pullarni noma’lum shaxs o‘g‘irlab olganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Arnasoy tumanida yashovchi SH.P. elektron ijtimoiy to‘lov tarmog‘i orqali ruxsatsiz boshqa bir tanishi M.M.ning plastik kartasiga o‘tkazganligi aniqlanib, SH.P. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!