Inson organizmidagi Alloh taoloning ulkan ne’matlaridan biri

A A A
Inson organizmidagi Alloh taoloning ulkan ne’matlaridan biri

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan:

وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا ۗ إِنَّ اللَّهَ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ

«Agar Allohning ne’matlarini sanasangiz, sanog‘iga yeta olmassiz. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir» (Nahl surasi, 18-oyat).

Alloh taolo bizga son-sanoqsiz ne’matlar ato qilgan va qilmoqda. Bizga eng yaqin narsa o‘z tanamizdir. O‘zimizda qancha ne’matlar bor. O‘zimizdagi ne’matlarning qadrini biror a’zomizni yo‘qotganimizda yoki o‘sha a’zo bemor bo‘lganda his qilamiz. Inson hali to‘liq o‘rganilmagan mavjudotdir. Biror marta o‘zimiz haqimizda, tanamizdagi son-sanoqsiz ne’matlar haqida o‘ylab ko‘rganmizmi?! Tanamizdagi ulkan ne’matlardan biri buyragimizdir.

Xo‘sh, buyrak qanday a’zo va uning vazifasi nimalardan iborat?

Buyrak — odam va umurtqali hayvonlarda siydik hosil qiluvchi va uni ajratuvchi juft a’zo bo‘lib, loviya shaklida bo‘ladi va qorin bo‘shlig‘ining orqa tomonida, umurtqa pog‘onasi bel qismining ikki yonida joylashgan. Qorin parda buyraklarning old yuzasini qoplab turadi. Old va orqa yuzalari yassilangan, har bir buyrakning bo‘yi 10-12 sm, eni 6 sm, yo‘g‘onligi 3-4 sm, og‘irligi o‘rtacha 140-150 gramm bo‘ladi. O‘ng buyrak tepasida jigar borligi tufayli chap buyrakka nisbatan bir oz pastroqda yotadi. Buyrakning yuqori uchi umurtqaga yaqin, pastki uchi esa umurtqadan uzoqroq bo‘ladi. Buyrakning umurtqaga qaragan ichki tomoni o‘rtasida botiq joy bo‘lib, u buyrak darvozasi deyiladi.

Buyrakning botiq yuzasiga buyrak jomi taqalib turadi. Buyrak darvozasidan buyrak arteriyasi va nervlar kirib, vena, limfa tomirlari va siydik yo‘li chiqadi. Bularning hammasi birgalikda buyrak oyoqchasi deb ataladi. Buyrak ichida buyrak usti bezlari bor. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘ladigan chiqindi va zararli moddalar organizmdan buyrak orqali chiqib ketadi. Shu bilan birga buyrak organizm uchun zarur miqdordagi suv va mineral tuzlarni saqlab, tashqariga chiqarmay qo‘yadi, organizmning ichki muhitini ta’minlaydi. Buyrak siydik bilan birgalikda siydikchil (mochevina), siydik kislota, tuzlar va suvni chiqarib turadi. Buyrakda biologik faol moddalar (renin, prostoglandin va b.) hosil bo‘lib, ular qon tarkibi, qon ivishi va qon bosimini maromga solib turadi. Buyrakni fibroz parda, yog‘ kapsulasi va biriktiruvchi to‘qimadan iborat fassiyalar o‘rab, ushlab turadi. Buyrak po‘stloq va mag‘iz qismdan iborat. Po‘stloq qismining qalinligi 4-13 mm keladi. Bu qism ostida mag‘iz qismi joylashgan; u 12-15 ta konussimon buyrak piramidalaridan iborat. Yondosh piramidalar orasiga po‘stloq qism suqilib kirgan bo‘lib, buyrak ustunchalarini hosil qiladi. Piramidalar o‘rtacha 1 mln. mayda kanalcha (nefron)lardan iborat, shu nefronlarda siydik hosil bo‘ladi, bunda suyuqlik qondan sizib o‘tadi (filtrlanadi), qayta so‘riladi va sekresiya ro‘y beradi. Har bir nefron buyrak tanachalari bilan siydik kanalchalaridan iborat. Siydik buyrak tanachalarida filtrasiya yo‘li bilan paydo bo‘ladi.

Buyrak tanachasi qo‘sh devorli kapsula (Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi) bo‘lib, devorlari orasida yoriqsimon bo‘shliq bor; siydik chiquvchi naycha (kanalcha) shu bo‘shliqdan boshlanadi. Kapsulada mayda qon tomirlar koptokchasi (kalavasi) bor. Siydik kanalchalarida birlamchi siydik qayta so‘riladi, konsentrasiyasi oshadi va shakllangan siydikka aylanadi. Siydik kanalchalari qo‘shilib, yirikroq yig‘uvchi kanalchalar hosil qiladi. Siydik kanalchalardan buyrakning avval kichik, keyin katta kosachalariga va nihoyat buyrak jomiga o‘tadi. Undan siydik yo‘li orqali qovuqqa quyiladi. Buyrakdan o‘rtacha 1,5 l siydik ajralishi uchun organizmdagi qon buyrakdan bir kecha-kunduzda o‘rtacha 360 marta o‘tib, yetarlicha tozalanib turadi. Buning uchun buyrakka keladigan qon miqdori va bosimi doimo yetarli bo‘lishi kerak. Agar qon bosimi pasayib buyrakka qon kam kelsa, u renin modda ajratib qon bosimini oshiradi. Bu holat surunkali qaytarilsa, qon tomirlar devorining siqilishi tufayli qon bosimi ko‘tarilib, buyrak bosimi paydo bo‘ladi. Buyrak rivojlanishida nefron naychasining uchi berk bo‘lsa, buyrak istisqosi kuzatiladi. Buyrak kasalliklarini nefrologiya o‘rganadi.

Qarang, birgina a’zo shuncha vazifani bajaradi. Alloh taolo buyrakka qon bosimining ko‘tarilishiga sabab bo‘luvchi maxsus moddalarni ato qilgan.

Qani aytingchi, tilsiz, aqlsiz buyrak qachon, qancha miqdorda renin moddasini ajratib, qon bosimining oshishiga sabab bo‘lishni qayerdan bildi ekan?!

Buyrak organizmga zarur bo‘lgan suv va mineral tuzlarni saqlab, tashqariga chiqarmay qo‘yishni, faqat chiqindi va zararli moddalarni chiqarishni kimdan o‘rgandi?!

Albatta, buyrakka qachon, qancha miqdorda kerakli modda ishlab chiqarish, tana uchun zarur moddalarni ushlab qolib, faqat zararli narsalarni tashqariga chiqarish xususiyatini Alloh taoloning O‘zi ato qilgandir!

U Zot Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan:

قَالَ فَمَن رَّبُّكُمَا يَٰمُوسَىٰ قَالَ رَبُّنَا ٱلَّذِىٓ أَعْطَىٰ كُلَّ شَىْءٍ خَلْقَهُۥ ثُمَّ هَدَىٰ

«U (Fir’avn): «Ikkingizning Robbingiz kim, ey Muso?» – dedi. U: «Robbimiz har narsaga o‘z yaratilishini bergan hamda uni hidoyatga solgan Zotdir», – dedi» (Toho surasi, 49-50-oyatlar).

Buni qarangki, sog‘lom, buyragidan shikoyat qilmaydigan kishining buyragidan tanadagi qon bir kecha-kunduzda 360 marta o‘tar ekan. Uni kim o‘tkazadi? Buyrak qonni shuncha miqdorda o‘tkazib tozalashi uchun kerakli tezkorlik va imkoniyatni qayerdan oldi? Albatta, Alloh taolo buyrakni kerakli jihozlar bilan yaratgan va ular kun davomida ana shuncha miqdordagi qonni ko‘p marta o‘tib tozalanishi uchun xizmat qiladi.

Birortamiz buyragimizdan sutka davomida 360 marta qon o‘tish jarayonini his qilganmizmi? Tanamiz ichida har kuni qon bilan bog‘liq ana shunday hodisa bo‘ladi, shu haqida o‘ylab ko‘rganmizmi? Biz buni sezmaymiz, qonimiz tozalanish paytida og‘riq bo‘lmaydi, buning uchun pul ham sarflamaymiz.

Buyragi kasal bo‘lgan, buyragi o‘z vazifasini bajara olmay qolgan, tanasidagi qonni maxsus qurilma vositasida yuvdiradigan kishilar haqida eshitganmisiz? Unday bemorlar bir haftada kamida uch marta tanalaridagi qonni yuvdirishadi. Qonni yuvish, uni zararli moddalardan tozalash jarayoni taxminan 4-5 soat davom etadi. Bemor shuncha vaqt yuvadigan qurilma yonida o‘tiradi. Bu paytda bemor og‘riqni, charchoqni his qiladi, ko‘ngli ayniydi, tanasida quruqshash yoki qichishishni sezadi va bu ish uchun ko‘p pul sarflanadi.

Kasallangan buyrakka dam berish, tanadagi qonni tozalash uchun ishlatiladigan qurilmaning nomi gemodializ deb ataladi.

Gemodializ – qonni zaharli moddalardan tozalash, qon muhiti va suv-minerallar almashinuvini muvozanatlash usuli. Asosan, o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligiga, kislotalar, ishqorlar va boshqa(lar) moddalardan zaharlanganda, organizmga mos kelmaydigan qon quyilgan hollarda qo‘llaniladi. Gemodializda vena yoki arteriya qoni maxsus kapillyarli dializatordan o‘tkazilib, qon tarkibidan ortiqcha suv, siydikchil va boshqa(lar) keraksiz moddalar so‘rib olinadi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida organizmni buyrakni ko‘chirib o‘tkazishga tayyorlashda asosiy muolaja hisoblanadi. O‘tkir buyrak yetishmovchiligida gemodializ qo‘llash zararlangan buyrakka dam berib, so‘ngra uning faoliyati tiklanishiga olib keladi.

Buyragimiz juda ajoyib a’zo. U gormonlar ishlab chiqaradi, qonni filtrlaydi, minerallarni qabul qiladi, peshob ishlab chiqaradi va sog‘lom kislotali-ishqorli balansni ushlab turadi.

(Davomi bor)

Nozimjon Hoshimjon tayyorladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Germaniya aholisi Erondagi urush sababli shaxsiy avtomobillardan voz kechmoqda

Verivox портали буюртмасига асосан ўтказилган сўровномада иштирок этганларнинг 48 фоизи шундай фикр билдирган.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

«Real» Vinisius, Mbappe va Bellingem borasida bir qarorga keldi

Матбуотда Мадриднинг "Реал" клуби таркибни шакллантириш бўйича турли маълумотлар пайдо бўлмоқда.

Harbiy qo‘mondonlik Putinni Rossiya armiyasi kuzgacha butun Donbassni egallashiga ishontirdi

Бу ҳақда Financial Times Россия президентининг атрофидаги манбалар, вазиятдан хабардор суҳбатдошлар ва Украина разведкасининг баҳосига таяниб ёзмоқда.

Chimkentda kollejlar asoschisi qamoqda o‘tirib 2,8 million dollar o‘g‘irladi

Бу ҳақда Қозоғистон оммавий ахборот воситалари хабар бермоқда.

«Manchester Siti»ning yetakchi markaziy himoyachisining kelajagi ma’lum

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Рубен Диаш «Интер»га ўтмайди. Бу ҳақда журналист Фабрицио Романо хабар берди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

Rossiya Ukraina rahbariyatini yo‘q qilishni rejalashtirmoqda

Унинг сўзларига кўра, Украина махсус хизматлари пойтахт ва мамлакатнинг бошқа шаҳарларидаги бўлажак ҳужумлар нишонлари батафсил кўрсатилган Россия ҳужжатларига эга.

“Uyma-uy ovqat qidiryapmiz”: bosib olingan Oleshkida gumanitar inqiroz kuchaymoqda

Херсон вилоятининг Россия назоратидаги Олешки шаҳри аҳолиси озиқ-овқат, дори-дармон ва коммунал хизматлар танқислиги сабаб оғир шароитда яшамоқда.

Durov Dubaydagi Eron hujumlarini “mushakbozlik” deb atadi

Павел Дуров Дубайга қилинган Эрон ҳужумлари вақтида БАА ҳаво мудофаа тизими “аъло даражада ишлаганини” айтди.

Insoniyat yirik iqlim falokati xavfi ostida

The Washington Post'нинг эслатишича, бундан қарийб 150 йил муқаддам иқлим ўзгаришлари ҳосилни йўқ қилган.

Italiyaning Modena shahrida avtomobil piyodalarni urib ketdi

ANSA маълумотларига кўра, ҳодисага сабабчи бўлган шахс келиб чиқиши шимолий африкалик бўлган 30 ёшли Италия фуқаросидир.

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Ҳалокатга учраган поезд оғир контейнерларни ташиётган бўлган ва тўқнашувгача ўз вақтида тормоз беришга улгурмаган.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.