Lotereya va bukmekerlik lisenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatlar qatoriga kiritildi

Qonun (O‘RQ-1057-son, 17.04.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, qonun bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozorini, sug‘urta bozorini tartibga solish, lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha vakolatlar yuklatildi.
Qonun bilan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga sug‘urta tashkilotlari rahbariyati va mulkdorlarining ishchanlik obro‘siga qo‘yiladigan talablar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, lotereyalar tashkil etish, bukmekerlik, Internet jahon axborot tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish faoliyati lisenziyalanadigan faoliyat turlariga kiritildi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.