In’eksiya – ukolning ixtirochisi kimligini bilasizmi?

In’eksiya – ukolning ixtirochisi kimligini bilasizmi?

Abulqosim Zahroviy dorini bemorning qoniga aralashtirib (tomirdan) yuborilsa, uning ta’siri tez bo‘lishini tajribalar orqali kashf qildi. Shuning uchun u kishi hozirgi kunimizgacha ishlatib kelinayotgan tibbiy shpris- ukolning ixtirochisi sanaladi.

Bu zot o‘sha davrda Andalusiyada eng buyuk jarroh deya tanilgan. Shu sababdan uni «zamonaviy xirurgiyaning otasi» deb ham sifatlashadi. Uning qalamiga mansub ulkan qomusiy qo‘llanma «At-Tasrif liman ’ajaza ’anit ta’lif» kitobi bo‘lib, o‘ttiz jilddan iboratdir.

Musulmon tibbiyot olimi Abulqosim Zahroviy tarixdagi birinchi stomatolog – tish jarrohi ham ekanini bilasizmi?

Ushbu olim tish jarohati uchun maxsus uskunalarni ixtiro qilgan. Undan tashqari tishni tekislovchi uskunani ham yasagan. U tish tekislashda tilla va kumush iplardan foydalangan.

O‘zi ta’lif etgan kitobida tishni sug‘urish, milk ostidagi singan ildizni sug‘urish haqida to‘xtalgan. U og‘iz, milk va tishga yetadigan kasalliklar muolajasi haqida ham bir fasl yozgan.

Undan tashqari, Abulqosim Zahroviy tarixda birinchi bo‘lib, ko‘krak bezi saratonini jarrohlik yo‘li bilan davolagan. U 200 dan ortiq jarrohlik asboblarni ixtiro qilgan olim hisoblanadi. U saratonni boshlang‘ich davrida to‘lig‘icha olib tashlash imkoni bo‘lsa, davolash mumkin deydi.

Olim Ispaniyaning Madinatuz Zahro shahrida 936-melodiy sana tug‘ilib, 1013-melodiy sanada Qurtuba shahrida vafot etgan. X – XI asrlarda yashab ijod qilgan. Yevropada uni «Abulkasis – Al-Zahrawi Albucasis» deb nomlashgan.

Bobur Ahmad tayyorladi

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!