Buyuk Britaniya Googledan 5 milliard funt sterling talab qilmoqda

Google Buyuk Britaniyada jiddiy ayblovlarga duch kelmoqda. Jami 5 milliard funt sterlingdan ortiq (taxminan 6,6 milliard dollar) da’volar bilan korporasiyaga qarshi jamoaviy da’vo qo‘zg‘atildi.
Bu haqda Apellyasiya Raqobat sudiga kelib tushgan ish materiallariga tayanib, CNBC telekanali xabar berdi.
Da’vo tashabbuskorlari Googleni onlayn qidiruv bozorida deyarli to‘liq hukmronlikda ayblamoqda. Ularning aytishicha, kompaniya o‘z mavqeini suiiste’mol qilib, raqobatdosh qidiruv tizimlarini rivojlantirishga to‘siqlar yaratgan. Da’vogarlarning ta’kidlashicha, bunday harakatlar Googlega nafaqat monopol hokimiyatini kuchaytirishga, balki o‘z platformasini qidiruv reklamalarini joylashtirish uchun raqobatsiz maydonga aylantirishga imkon berdi va maksimal foyda keltirdi.
Yoki da’vogarlarning advokati Brukning aytishicha, Google o‘zining umumiy va reklama qidiruvi bozorlaridagi yetakchiligidan reklama beruvchilar uchun narxlarni sun’iy ravishda oshirish uchun foydalanadi.
Shuningdek, da’vogarlarning ta’kidlashicha, raqobatni cheklash maqsadida Google smartfon ishlab chiqaruvchilar bilan Android qurilmalarida Google Search va Chrome brauzerini oldindan o‘rnatish bo‘yicha shartnomalar tuzgan. Kompaniya, shuningdek, Googleni Safari brauzerida standart qidiruv tizimi sifatida saqlab qolish uchun Applega milliardlab dollar to‘lagan.