Igor Sergeev uchun Osiyo kubogi yakuniga yetdi...

Igor Sergeev uchun Osiyo kubogi yakuniga yetdi...

Osiyo kubogi 3-turidan o‘rin olgan Avstraliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida hujumchimiz Igor Sergeev jarohat olib maydonni tark etdi.

Tibbiy shtab tomonidan zarur tekshiruvlar o‘tkazildi. Afsuski, dastlabki tibbiy tekshiruvlar Sergeevning tizzasidan jiddiy jarohat olganini ko‘rsatdi. Futbolchimiz turnirdagi ishtirokini yakunladi. Yaqin vaqt ichida jarrohlik operasiyasini o‘tkazishi kerakligi aniqlandi.

O‘FA hamda futbol jamoatchiligi nomidan Igorga Osiyo kubogidagi yorqin o‘yini uchun minnatdorchilik bildirib, salomatlik tilaymiz!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!