Hollivudning eng katta ta’sirga ega kishisi ma’lum qilindi

Hollivudning eng katta ta’sirga ega kishisi ma’lum qilindi

Bu haqda The Hollywood Reporter nashri xabar berdi. 

Reytingga ko‘ra, Disney kompaniyasining bosh direktori va prezidenti Robert Ayger Hollivudda eng katta ta’sirga ega kishi deb topilgan. Bunga esa kinokompaniyaning 2019 yilda 8 mlrd dollar ishlab topgani o‘z hissasini qo‘shgan.

2-o‘rinni ikki kishi - Netflix striming platformasining bosh direktori va bosh kontent-direktori Rid Xastings va Ted Sarandos egallagan. Yetakchi uchtalikdan NBCUniversal kompaniyasi boshqaruvchilari Brayn Roberts va Stiv Burke o‘rin olgan.

Shuningdek, reytingga Marvel Studios’ning kreativ prodyuseri Kevin Faygi ham kiritilgan (5-o‘rin).

Mediasohadagi eng taniqli insonlardan biri bo‘lgan boshlovchi Opra Uinfri 15-o‘rinni, aktrisa Riz Uizerspun 37-o‘rinni va aktyor Leonardo Di Kaprio 47-o‘rinni egallagan.

Reytingning yetakchi 50taligining so‘nggi o‘rnidan AQShning sobiq prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Obama joy olgan. Ular Netflix uchun Ohayo shtatidagi sanoat haqida hujjatli film ishlashganidan keyin reytingga birinchi marta tushishgan.

Shuningdek, Hollivudning mashhur vakillaridan Bred Pitt 54-o‘rinni, Skarlett Yoxansson 65-o‘rinni va Uill Smit 81-o‘rinni egallagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!