Hindistonlik bola 14 yoshida universitetni tamomladi

Hindistonlik bola 14 yoshida universitetni tamomladi

Hindistonning Haydarobod (Andxra-Pradesh shtati) shahrida yashovchi bola 14 yoshida universitetni tugatdi, deb xabar berdi “NDTV”.

Ta’kidlanishicha, Agastya Jaysval Haydaroboddagi Usmonli universitetini tamomlagan va ommaviy kommunikasiya hamda jurnalistika bo‘yicha bakalavr dimplomini olgan.

Ma’lum qilinishicha, bola boshqa sohalarda ham kuchli bo‘lib, stol tennisi bo‘yicha milliy musobaqalarda qatnashadi va ikki qo‘li bilan teng darajada yaxshi yozadi.

"Men Hindistonda 14 yoshida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan birinchi bola bo‘ldim", - deya muvaffaqiyat quvonchi bilan bo‘lishdi Jaysval  ota-onasiga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirgan holda kelajakda shifokor bo‘lishni orzu qilayotganini aytarkan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!