Hindiston xalqaro aviareyslarga qo‘yilgan taqiqni 30 sentyabrgacha uzaytirdi

Hindiston xalqaro aviareyslarga qo‘yilgan taqiqni 30 sentyabrgacha uzaytirdi

Hindistonda xalqaro aviareyslarning to‘xtatilishi 30 sentyabrga qadar uzaytirildi, deya xabar berdi mamlakat fuqarolar aviasiyasi bosh boshqarmasi.
Ushbu taqiq pandemiya tufayli o‘tgan yilning mart oyidan buyon amal qilmoqda.

Ammo bu Hindiston bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi reyslarga ta’sir qilmasligi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, avgust oyi boshida Hindistonda minglab fuqarolar sayohat bilan bog‘liq qoidalar yumshatilgach, Dubayga qaytish uchun chiptalarni bron qilishga shoshilgan edi. Boisi, mamlakatda COVID-19 infeksiyasini yuqtirish holatlari oshib ketdi.

Mazkur qoida e’lon qilinishidan oldin Hindiston va BAA o‘rtasida har hafta 300 ga yaqin aviareyslar amalga oshirilgan.

Xabarlarga ko‘ra, xorijiy davlatlar bilan rejalashtirilgan reyslar “vakolatli organ tomonidan tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha” alohida-alohida amalga oshiriladi.

– Ammo maxsus yuk reyslari va kelishuvda bo‘lgan davlatlar bilan ikki tomonlama shartnomalar bo‘yicha parvozlar o‘z ishini davom ettiradi, – deyiladi boshqarma bayonotida.

Ta’kidlash kerak, Hindiston BAA, Bahrayn, Kuvayt, Qatar, Seyshel orollari, Tanzaniya va Shri-Lanka bilan parvozlar to‘g‘risida ikki tomonlama shartnomalarga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!