Hasan Ruhoniy AQShga oid keskin bayonot berdi

Hasan Ruhoniy AQShga oid keskin bayonot berdi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQShning Eron yadro bitimi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasidan chiqish to‘g‘risidagi qarorini terrorizm bilan taqqosladi. Bu haqda  "Kun" nashri xabar bermoqda.

«Amerikaning yadroviy bitimdan chiqishi - bizning mamlakatimizga qarshi qaratilgan iqtisodiy terrorizmning bir turi hisoblanadi», - deya ma’lum qildi Ruhoniy.

Uning qayd etishicha, Tehron, o‘tkazilayotgan bosimga qaramay, terroristik guruhlarga qarshi turishda davom etadi.

«Bizni boykot qilayotgan mamlakatlar shuni bilishi kerakki, ularning xatti-harakati bizning terrorga qarshi kurashish qobiliyatimizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi», - deya ta’kidlab o‘tdi Ruhoniy. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Fors ko‘rfaziga atom aviatashuvchisini jo‘natgani xabar qilingandi.

Pentagon fikricha, Amerika aviatashuvchisining mavjud ekani Eron bu suvlarda dushmanlik kayfiyatidagi xatti-harakatni amalga oshirsa, kuchlarni tartibga solishdagi «mutlaqo ijobiy farqni keltirib chiqaradi». 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!