HAMAS ikki rusni asirlikdan ozod qilishga tayyorligini e’lon qildi

HAMAS ikki rusni asirlikdan ozod qilishga tayyorligini e’lon qildi

Falastinning HAMAS harakati garovda qolayotgan Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan ikki isroillikni ozod qilishga ustuvor ahamiyat berishga tayyor.

Bu haqda HAMAS siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari Musa Abu Marzuk ma’lum qildi.

Buning uchun, dedi u, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish kerak.

«...bu haqda qaror bo‘lishi bilanoq ikki rus birinchi bo‘lib ozod etilishini aytdik. Biz yerdagi janglar tinchlanishini kutmoqdamiz va bu odamlarni olib, qo‘yib yuborish imkoniyati bo‘ladi», — dedi Musa Abu Marzuk.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!