H&M kompaniyasi Rossiyani tark etishi natijasida 184 million dollarni yo‘qotdi

H&M kompaniyasi Rossiyani tark etishi natijasida 184 million dollarni yo‘qotdi

Rossiya bozorini tark etish natijasida Hennes & Maurtiz (H&M) kiyim-kechak chakana savdo tarmog‘ining xarajatlari 2,104 milliard shved kronasini (184 million dollar) tashkil etdi.

Bu haqda kompaniya hisobotida aytiladi.

"Rossiyani tark etish choralari bilan bog‘liq 2,104 milliard shved kronasi miqdoridagi bir martalik xarajatlar chorak natijalariga ta’sir qildi", - deyiladi materialda.

Avvalroq, Amerikaning qadoqlash ishlab chiqaruvchi Ball Corporation kompaniyasiga Rossiyadan chiqib ketilgani sababli yetkazilgan zarar 435 million dollarni tashkil etgani ma’lum bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!