Gvardiolani Angliyaga murabbiy qilishmoqchi

Gvardiolani Angliyaga murabbiy qilishmoqchi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya terma jamoasini boshqarishi mumkin.

Yaqinda Garet Sautgeyt “Uch sherlar” bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Jurnalist Migel Delanining xabar berishicha, Angliya futbol associaciyasi Gvardiola nomzodini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Ispaniyalik mutaxassisga 2025 yilning iyul oyidan boshlab, uning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetganidan so‘ng ushbu lavozimni egallash taklif etiladi.

Kelgusi yil uchun Angliya terma jamoasiga vaqtinchalik murabbiy taklif qilinishi mumkin, keyinchalik uning o‘rnini Pep egallaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!