Gruziya Yevropaga intilyapti

Gruziya Yevropaga intilyapti

Gruziya xalqining Yevropaga intilishini namoyish qilish maqsadida kecha – 20 iyun kuni mamlakat poytaxti Tbilisida miting tashkil etildi.

Mamlakatdagi "Shame" yoshlar harakati tashabbusi bilan tashkil etilgan namoyishda 15 mingdan ortiq aholi, xususan, talaba-yoshlar ishtirok etdi. "Evropa tomon" shiori ostida tashkil etilgan miting mamlakatdagi barcha siyosiy partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Mamlakat Prezidenti namoyishdagi murojaatida Gruziya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga munosibligini va hozirgi sharoitda aksiya tinch o‘tishi muhimligini ta’kidlab o‘tdi.

Aksiya tunda yakunlandi, deyiladi "Deutsche Welle" xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!