Gonkongda qo‘l soati rekord darajadagi narxda sotildi

Gonkongda qo‘l soati rekord darajadagi narxda sotildi

Gonkongda Christie’s onlayn-auksionida qo‘l soati rekord darajadagi narxda — 5,8 million dollarga sotildi. Noyob Patek Philippe soatining xaridori anonimda qolish uchun harakat qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net” nashri.

Soat mexanizmi dunyodagi eng murakkablaridan biri hisoblanadi. Xususan, 6002G modelida 18 qirotli oq oltinli korpus va emal bilan bezatilgan ko‘k siferblat mavjud.

Bundan tashqari, soatda daqiqa takrorlagichi, abadiy taqvim, yulduzli osmon va oy fazalari xaritasi mavjud. Mutaxassislar soatni haqiqiy san’at asari deb atagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!