«Gazga boy bo‘la turib, go‘ng bilan isinishadi»

«Gazga boy bo‘la turib, go‘ng bilan isinishadi»

Mamlakatning eng yirik gaz konlaridan biriga ega bo‘lgan Turkmanistonning Meri viloyatidagi qishloqlar aholisi uylarini o‘tin va go‘ng bilan isitishga majbur bo‘lmoqda, deb yozadi Azatlik.

Buning sababi, ushbu hududda yashaydigan ko‘plab turkmanlarning gaz va elektr energiyasini to‘lash uchun pullari yo‘q. Ko‘pincha ularda dizel yoqilg‘isi, o‘tin va hatto go‘ngni (sigir go‘nggi) sotib olishga pullari yetarli emas.

Qishloq joylardagi uylarga gaz quvuri ulanganiga qaramay, uylarga gaz juda past bosim bilan yetkazib beriladi. Gaz xizmati xodimlari buni «ifloslangan gaz tufayli hisoblagichlarning gaz quvurlari tiqilib qolishi» bilan izohlashmoqda.

Shuningdek, qayd etilishicha, gaz tarmog‘ida avariya yuz bergan taqdirda, mahalliy aholi uni o‘z mablag‘lari hisobidan ta’mirlashga majbur bo‘lmoqda.

OAV Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallaganini eslaydi. Mamlakatda 190 dan ortiq neft va gaz konlari topilgan, Kaspiydagi chuqur dengiz konlarining uglevodorod zaxiralari 12 milliard tonnagacha neft va 6 trillion kubometrdan ortiq tabiiy gazni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!