“GAZ - 3102” “Lacetti”ning yo‘liga chiqib ketdi va ...

“GAZ - 3102” “Lacetti”ning yo‘liga chiqib ketdi va ...

Forish tumani Nurak mahallasi hududidan o‘tuvchi Jizzax – Qizilcha 4/R-36 yo‘lining 48 kilometrida yo‘l-ulov hodisasi ro‘y berdi.

Forish tumani Osmonsoy mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan M.A. akasiga tegishli “GAZ - 3102” rusumli avtoulov boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, “Lacetti”ga urilgan. 

Oqibatda “Lacetti” haydovchisi, Osmonsoy mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1989 yilda tug‘ilgan SH.E. chap oyoq boldir suyagining sinishi tashxisi bilan Forish tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. “GAZ 3102” haydovchisi esa olingan tan jarohatlari natijasida shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan vafot etdi.

Holat bo‘yicha Forish tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.        
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!