G‘allaorol tumanida o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

G‘allaorol tumanida o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning G‘allaorol tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.I. boshqa bir fuqar O‘.ning ishonchiga kirib, uning farzandini O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!