G7 yetakchilari yangi embargo va sanksiyalar bilan Kremlni daromaddan mahrum qilishga va’da berishdi

G7 yetakchilari yangi embargo va sanksiyalar bilan Kremlni daromaddan mahrum qilishga va’da berishdi

Shu kunlarda Bavariyada bo‘lib o‘tayotgan sammitga yig‘ilgan Katta yettilik mamlakatlari yetakchilari Rossiya daromadlarini kamaytirishga har tomonlama yordam berishga kelishib oldilar.

Kremlga har yili 15 milliard dollar daromad keltiruvchi Rossiya oltinini sotib olishga bir kun avval kiritilgan embargo G7ning birinchi qadamidir.

Shuningdek, G7 G‘arbdagi Rossiyaga qarshi sanksiyalar shartlarini amalga oshirishdan qochishga urinayotgan siyosiy kuchlar va kompaniyalarga qarshi kurashni davom ettirishga va’da bermoqda.

Bundan tashqari, dunyoning yetakchi iqtisodlari Rossiyaning asosiy sanoat resurslari, xizmatlari va texnologiyalariga kirishini yanada cheklash uchun maqsadli sanksiyalarni kengaytirish niyatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!