O‘zbekistonning Irlandiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Ravshan Usmonov (qarorgohi London shahrida) ushbu mamlakat Tashqi ishlar va savdo vazirligi Protokol departamenti rahbari Ralf Viktorga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Irlandiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalaridagi aloqalarni jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, farmasevtika hamda qayta tiklanuvchi energiya sohalari istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.
Suhbat yakunlari bo‘yicha Irlandiya tomoni O‘zbekiston elchisiga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va kengaytirish borasidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Ma’lumot uchun, Ravshan Usmonov 2023 yil 14 noyabr kuni O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi sifatida London shahriga kelgan edi. 2024 yil 16 may kuni u Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Charlz III ga ishonch yorliqlarini topshirgan. 2025 yil fevral oyida esa mamlakatimizning Islandiyadagi ilk elchisi sifatida prezident Xalla Tomasdottirga ishonch yorliqlarini taqdim etgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.