24–25 iyun kunlari Niderlandiyaning Haaga shahrida o‘tadigan NATO sammiti uchun tayyorlangan loyiha kommyunikesida Ukraina haqidagi eng muhimi — a’zolik va katta miqdordagi yordam masalalari umuman tilga olinmagan.
Bloomberg xabariga ko‘ra, kommyunike loyihasi oddiy bir sahifadan iborat bo‘lib, asosiy e’tibor faqatgina harbiy xarajatlar miqdorini oshirishga qaratilgan. Unga ko‘ra, NATO a’zolari mudofaa xarajatlarini hozirgi 2 foiz o‘rniga 2032 yilgacha YAIMning 3,5 foizi darajasigacha yetkazishga, qo‘shimcha 1,5 foiz mablag‘lar infratuzilma, chegaralar va fuqarolarni inqirozlarga tayyorlash kabi xavfsizlik tadbirlariga sarflashga kelishib olmoqda.
Loyihada Ukrainaga yillik 40 mlrd dollarlik yordam ajratish va uning NATOga a’zo bo‘lishiga oid hatto uzoq muddatli va’dalar ham berilmagan. Bu esa 2024 yilgi keng qamrovli va’daning mutlaq rad etilishi demakdir. Shunda ham, yirik yordam paketi aniq qaror bilan tasdiqlanmagan edi. Endi esa, NATO ushbu masalalarni umuman qo‘zg‘atmaslikka qaror qilgan.
Rossiya esa kommyunikeda «Evroatlantika xavfsizligiga tahdid» sifatida atalgan bo‘lsa-da, uni «agressor davlat» deb nomlash masalasi AQShning qarshiligi tufayli chiqarib tashlangan. Donald Tramp ma’muriyati bunga o‘xshash bayonotlarni BMT hujjatlaridan ham olib tashlagandi.
Sammitning o‘zi ham qisqa shaklda o‘tadi. Mark Ryuttening asosiy maqsadi — AQShning NATOga sadoqatini ta’minlash va Trampga 5 foiz darajadagi harbiy xarajat talablarida «yutuq» hissini berishdir. Shundan kelib chiqib, sammitda faqat bir sessiya va rasmiy kechki ovqat rejalashtirilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.