Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro mehnat konferensiyasining 113-sessiyasi doirasida 12 iyun – Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan maxsus konferensiya o‘tkazildi.
Tadbirda Xalqaro mehnat konferensiyasida ishtirok etayotgan 187 ta davlat orasida qisqa vaqt mobaynida bolalar mehnati va majburiy mehnatga butunlay barham bergan davlat sifatida O‘zbekiston tajribasi namoyish qilindi.
Unda Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya raisi T. Narbayeva “Bolalar mehnatiga barham berishda O‘zbekiston tajribasi” mavzusida ma’ruza qildi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kuchli siyosiy irodasi hamda shaxsiy tashabbusi bilan ushbu illatga qarshi ko‘rilayotgan qat’iy amaliy choralar o‘zining ijobiy natijasini berayotgani ta’kidlandi.
Milliy komissiya raisi o‘z ma’ruzasida mamlakatimizning bolalar mehnati va majburiy mehnatga nisbatan keskin pozisiyasi hamda xalqaro hujjatlar, shu jumladan Xalqaro mehnat tashkilotining asosiy konvensiyalari va 29-sonli Konvensiyaga Bayonnoma ratifikasiya qilingani sohaga oid islohotlarning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lganini ta’kidladi.
Yangi tahrirdagi Konstitusiya va Mehnat kodeksi esa bolalar mehnatiga tamoman chek qo‘yishga qaratilgani, har bir fuqaroning ijtimoiy himoyasini kafolatlash esa inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan davlat siyosatining markazidan joy olgani qayd etildi.
Konferensiya ishida mamlakatimizda Xalqaro mehnat tashkilotining tegishli konvensiyalarini ratifikasiya qilish, milliy qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, bolalar mehnati va majburiy mehnat uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, institusional asoslarni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholandi.
Shuningdek, tadbirda Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederasiyasi, Xalqaro ish beruvchilar Konfederasiyasi, YUNISEF hamda Filippin, Marokash, Chili, Germaniya, Braziliya hukumati vakillari ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ekspertlar bugungi kunda O‘zbekiston tajribasi bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurash olib borayotgan davlatlar uchun model bo‘lib xizmat qilayotganini alohida e’tirof etishdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.
Мексика президенти Клаудия Шейнбаум видеомурожаатида минтақадаги барча тадбирлар тўхтатилганини таъкидлади ва аҳолини уйда ёки бошпаналарда қолишга чақирди.