Fransiya Prezidenti Makronga tarsaki tushirgan erkak haqida nimalar ma’lum?

Fransiya Prezidenti Makronga tarsaki tushirgan erkak haqida nimalar ma’lum?

Drom departamentida aholi bilan uchrashuvi paytida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga tarsaki tushirgan odam risarcha kiyinib, o‘rta asrlarga mehr qo‘ygan. Erkakning sevimli mashg‘ulotlari haqida Fransiyaning Le Parisien gazetasi yozib chiqdi.

Gazetaning yozishicha, erkakning ismi Damiyen T., u 28 yoshda. Instagramdagi rasmlarning birida qo‘lida qilich bilan risar qurol-yarog‘ida suratga tushgan. Damiyen T. xonadonida olib borilgan tintuvlar paytida O‘rta asrlarga oid ko‘plab kitoblar, qurollar nusxalari topilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!