Foto! Gulbahor Yo‘ldoshevaning so‘nggi obrazi

Foto! Gulbahor Yo‘ldoshevaning so‘nggi obrazi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Yo‘ldosheva vafot edi. «Qo‘qon shamoli» tarixiy filmidagi Mingoyim obrazi aktrisaning so‘nggi roli bo‘lib qoldi. Bu haqda film rejissyori Dilmurod Masaidov jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi.

"Gulbahor Yo‘ldosheva «Qo‘qon shamoli» filmining suratga olish jarayonlarida hech kimga dardini sezdirmasdan, ularni qancha avaylashga harakat qilmaylik, «men juda yaxshiman, hammasi joyida», deya rollarini a’lo darajada ijro etdilar. S’yomka maydonida biror marotaba «mazam qochdi, s’yomkani keyinroqqa qoldiraylik», demadilar. Qaytanga ertalabdan kechgacha suratga olishimizni xohlab turdilar. Gulbahor Yo‘ldosheva «Qo‘qon shamoli» tarixiy filmida Mingoyim obrazini ijro etdilar. Ular bilan bog‘liq suratga olish ishlari Qo‘qon shahrida roppa-rosa besh kun davom etdi va yakunlandi", deydi Dilmurod Masaidov.

Ma’lumot uchun, Zebo Qobilovaning «Aybsiz aybdor» deb nomlangan ssenariysi asosida prodyuser Mahmud Erkaboyev hamda rejissyor Dilmurod Masaidovlar tomonidan «Qo‘qon shamoli» deb nomlangan tarixiy filmi suratga olinmoqda. Film Qo‘qon xonligining XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti, o‘sha davr chigalliklari haqida bo‘lib, asosan Qo‘qon xoni Umarxon hamda shoira Nodirabegim hayotidan hikoya qiladi.

P/s. Oldinroq aktrisa o‘zining oxirgi rolini o‘ynab ulgurmagani haqida yozgandik. Ammo yuqoridagi ma’lumotdan ayon bo‘ldiki, film hamon suratga olinyapti, marhuma aktrisa esa o‘z obrazini yaratib bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!