Floridada qayiqdan qulagan qariyani timsoh tishlab oldi

Floridada qayiqdan qulagan qariyani timsoh tishlab oldi

Florida shtatidagi «Evergleyds» milliy bog‘ida timsoh ag‘darilgan qayiqdan qirg‘oqqa suzib ketgan odamni tishlab oldi, deya xabar beradi BELTA.

ABC News telekanali xabariga ko‘ra, Milliy bog‘lar xizmati 68 yoshli erkak qayig‘i ag‘darilib ketgan paytda dam olish uchun yelkanli qayiqda bo‘lganini aytdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, u qirg‘oq tomon suzib ketgan, biroq to‘satdan suv ostida qolgan.

Milliy bog‘ xizmati inspektorlari darhol erkakka birinchi yordam ko‘rsatdi. Shundan so‘ng jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, uning ahvoli barqaror deb baholanyapti.

Milliy bog‘ mutaxassislari hodisani o‘rganyapti va hatto, timsoh-odam o‘zaro munosabat rejasiga amal qilinishini ta’minlash uchun timsohni kuzatyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!