Firibgar pulni ham, “Matiz”ni ham bermadi

Firibgar pulni ham, “Matiz”ni ham bermadi

2018 yil 18 sentyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2016 yil mart oyida Chilonzor tumani 16-dahada yashovchi U.I. Sergeli ixtisoslashgan avtomashina bozori MCHJ hududida fuqaro G.R.ga tegishli Matiz rusumli avtomashina pulini bo‘lib to‘lash sharti bilan 13 000 AQSh dollariga kelishib, avtoshinani olib ketgan va shu kunga qadar pullarni ham avtomashinani ham bermagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida U.I. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!