Fernandu Santush Polsha milliy jamoasida ish boshladi

A A A
Fernandu Santush Polsha milliy jamoasida ish boshladi

Polsha futbol ittifoqi milliy jamoaning yangi murabbiyini rasman e’lon qildi.

Tashkilot rasmiy sayti Fernandu Santushni bosh murabbiy sifatida ish boshlaganini ma’lum qildi. Murabbiy oldiga Yevro-2024 final bosqichiga chiqish vazifasi qo‘yilgan. Santush bilan kelishuv ushbu turnir final qismi yakuniga qadar amalda bo‘ladi.

Kuni kecha PFI prezidenti Sezari Kulesha Santush jamoani boshqarishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Santush Portugaliya bilan 2016 yilgi Yevropa chempionati va 2019 yilgi Millatlar Ligasida g‘olib chiqqan. 2022 yilgi jahon chempionatida esa milliy jamoa bilan chorakfinalga yetib bordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!