Farzand dunyoga kelishiga farishtalar yordam beradi-mi?

Farzand dunyoga kelishiga farishtalar yordam beradi-mi?

— Ko‘pincha chaqaloqlarning orqasi ko‘karib tug‘iladi, buning sababini kattalar: “Bola tug‘ilayotgan payt farishta kelib, uning orqasidan itarib yuboradi, ya’ni tug‘ilishiga yordam beradi, o‘sha ko‘kargan joy farishtalarning qo‘l izi bo‘ladi”, deb aytishadi. Shu gap qanchalik rost?

— Yo‘q, hech qanday farishta tug‘ilayotgan bolaning orqasidan itarmaydi. Balki bola tug‘ilgan paytda shayton uni chimchilaydi. Shuning uchun chaqaloqlar qichqiradi va orqasi ko‘karadi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qay bir bola tug‘ilsa ham, albatta, tug‘ilish paytida uni shayton tutadi. Shayton uni tutganidan qichqirib ovoz chiqaradi. Illo, Maryam va uning o‘g‘li unday bo‘lmaydi. Agar istasangiz, “Va albatta, men Sendan unga va uning zurriyotiga shaytonir rojim sharridan panoh tilarman”ni qiroat qiling”, dedilar” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!