Farg‘onada kuchli shamol ko‘p qavatli uyning tomini uchirib ketdi

Farg‘onada kuchli shamol ko‘p qavatli uyning tomini uchirib ketdi

Bugun, 10 iyun kuni soat 16:25 da Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida qisqa muddatli kuchli shamol kuzatilib, natijada Al-Farg‘oniy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qoplamasini yerga uchirib tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan shahar FV bo‘limi xodimlari yetib borgan. Hozirda tegishli xizmatlarning kuch-vositalari jalb etilgan holda vaziyat oqibatlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Hodisa oqibatida tan jaroxati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!