Faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot urushni to‘xtatadi - Si

Faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot urushni to‘xtatadi - Si

XXR raisi Si Szinpin Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning tiklanishigina hozirgi mojaroni to‘xtata olishini aytdi, deb yozadi «Sinxua».

«Barcha yirik davlatlar salbiy energiya o‘rniga ijobiy energiya ko‘rsatsagina, bu mojaroda tezda o‘t ochishni to‘xtatishga erishish mumkin bo‘ladi», dedi Si Szinpin Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.

Xitoy rahbarining qo‘shimcha qilishicha, hozirda xalqaro hamjamiyatning asosiy sa’y-harakatlari mojarolarni tarqatmaslik, o‘t ochishni to‘xtatish va keskinlashuvning oldini olishga qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!