AQShning Detroyt shahrida yuz bergan otishmada 2 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi yaralandi

AQShning Detroyt shahrida yuz bergan otishmada 2 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi yaralandi

AQShning Detroyt shahrida 7 iyul kuni tongda yuz bergan otishma oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan va 19 kishi yaralangan. Bu haqda Michigan shtati polisiyasi bergan ma’lumotga asoslanib, CNN nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, otishma yakshanba kuni tonggi 2:30 da ro‘y bergan. Ko‘ngilochar tadbir paytida bir necha fuqaro orasida otishmna bo‘lgan. Vaziyat jiddiylashgach hududga polisiya yetib kelgan.

Polisiya kelguniga qadar ikki fuqaro o‘qdan halok bo‘lgan. Otishmani sodir etganlar yashirinishga ulgurgan. Surishtiruv davom etayotgani bois rasmiylar halok bo‘lganlar va yaralanganlar shaxsini oshkor qilmagan.

Voqea ortidan hozircha hech kim hibsga olinmagan.

Huquqni muhofaza qilish organlari va mustaqil tadqiqotchilar yoz oylarini Qo‘shma Shtatlarda qurolli zo‘ravonliklar ko‘payadigan vaqt sifatida alohida qayd etadi. Har yilgi statistikaga ko‘ra, 1-7 iyul oralig‘ida qurolli zo‘ravonliklar hamda ommaviy qotilliklar avj pallasiga chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!