Farg‘ona IIBdan 15 yoshli bolaning jasadi chiqdi. Ikki kishi qamoqqa olindi

Farg‘ona IIBdan 15 yoshli bolaning jasadi chiqdi. Ikki kishi qamoqqa olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘onada IIB binosidan 15 yoshli o‘smirning murdasi chiqdi” sarlahali xabar e’lon qilingan.

Uchko‘prik tumani, Sulton MFY, Sulton qishlog‘ida yashagan, 2007 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan R.A. 16.10.2022 yilda Buvayda tumani, Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida joylashgan “Ansor” savdo majmuasida ota-onasining nazoratisiz yurgani va ushbu majmuada o‘g‘irlik qilmoqchi bo‘lganida, IIB xodimlari tomonidan ushlanib, tuman IIB boshlig‘ining shu kungi qarori bilan Qo‘qon shahrida joylashgan viloyat IIB JXX HPB VEIHYOKMga joylashtirilgan.

17.10.2022 yilda voyaga yetmagan R.A. ning sog‘lig‘i yomonlashib, hushidan ketganligi sababli shahar Tez-tibbiy yordam xodimlari chaqirilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limiga “bosh miya kalla yopiq shikasti, miya qattiq parda ostiga qon quyilishi, bosh miya moddasining lat yeyishi” sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan 18.10.2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida, jinoyatga bevosita aloqador ikki nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, holat yuzasidan IIB JXX HPB VEIHYOKM xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!