Evropa Ligasi. “Atalanta” “Liverpul”ni musobaqadan chiqarib yubordi

Evropa Ligasi. “Atalanta” “Liverpul”ni musobaqadan chiqarib yubordi

Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi chorak finalining javob o‘yinlari 18 aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Liverpul” safarda “Atalanta”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 7-daqiqasida Muhammad Salohning penaltidan urgan goli yagonaligicha qoldi va mersisaydliklar minimal hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Biroq ushbu gol Yurgen Klopp jamoasiga yarim final uchun yetarli bo‘lmadi. Dastlabki uchrashuvda “Atalanta” 3:0 hisobida zafar quchgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!