Evro-2024. Ispaniya finalda Angliyani mag‘lubiyatga uchratdi

Evro-2024. Ispaniya finalda Angliyani mag‘lubiyatga uchratdi

Evropa chempionati finali doirasida Ispaniya Angliyani mag‘lub etib, chempionga aylandi.

Final Berlindagi «Olimpiashtadion»da o‘tkazildi. Hal qiluvchi bahsning birinchi bo‘limi ispanlar ustunligida o‘tgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Niko Uilyamsning golidan keyin ispanlar oldinga chiqib oldi.

70-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Koul Palmer uch daqiqa o‘tib, kuchli zarbasi bilan farqni tenglashtirdi – 1:1.

O‘yin yakuniga yaqin ispanlar safida zaxiradan maydonga tushgan Oyarsabal 86-daqiqada gol urib, Ispaniyaga qit’a chempionligini keltirdi – 2:1.

Shu tariqa, Angliya ketma-ket ikkinchi Yevro finalida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, Ispaniya o‘z tarixida 4-marta qit’a chempioni bo‘ldi va bu borada rekordchiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!