Ertaga Yunusobod tumanining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi

Ertaga Yunusobod tumanining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi

Yunusobod tumani, “Qoraqamish” ko‘chasida joylashgan “LEP” stansiyasini boshqa joyga ko‘chirishi sababli 28 may kuni yer osti gaz quvurini kesish va ulash ishlari amalga oshiriladi.

Ushbu ishlar soat 11:00 dan 18:00 ga qadar amalga oshiriladi va ayrim tabiiy gaz iste’molchilariga gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:

Aholi va ulgurji iste’molchilar:

- Yunusobod 2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14 va 15-mavzelaridagi ko‘p qavatli uylar;

- “Yo‘l ariq” MFY;

- “Kulol qo‘rg‘on” MFY;

- “Yunusobod” MFY;

- “Bobodehqon” MFY;

- “Otchopar-1” va “Otchopar-2“ MFY;

- “Xiyobontepa” MFY;

- “Bodomzor” MFY;

- “Yangi tarnov” MFY;

- “Bog‘i Bo‘ston” MFY;

- Shayx Shivli MFY;

- Firdavsiy MFY;

- “Matonat” MFY;

- “Minor“ MFY;

- G‘ayratiy MFY;

- Islomobod MFY.

“Hududgaz  Toshkent shahar” MCHJ yetkazilayotgan noqulayliklar uchun gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!