Eronning yangi saylangan prezidenti bugun qasamyod qiladi

Eronning yangi saylangan prezidenti bugun qasamyod qiladi

Eronning yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pezeshkiyanning qasamyod qabul qilish marosimi bugun, 28 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda «Tasnim» agentligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, tantanali qasamyod qabul qilish marosimida Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Seyid Ali Xomanaiy, davlat arboblari, harbiy xizmatchilar, universitet rektorlari, xorijiy davlatlar elchilari ham ishtirok etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marosim Eron televideniyesi orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Bir muddat avval qasamyod qabul qilish marosimi 30 iyul kuni bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Eronda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi 28 iyun kuni, ikkinchi bosqichi esa 7 iyul kuni bo‘lib o‘tgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!