Eronda tartibsizliklar: Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘limi haqidagi mish-mishlar paydo bo‘ldi

Eronda tartibsizliklar: Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘limi haqidagi mish-mishlar paydo bo‘ldi

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining yozishicha,
mamlakatning oliy rahbari betobligi rost, lekin u tirik. Ammo mamlakatdagi vaziyat haqiqatan ham notinch.

Tehron va mamlakatning boshqa shaharlarida, jumladan, shia musulmonlari uchun muqaddas hisoblangan Mashhadda ham tartibsizliklar davom etmoqda. Namoyishchilar mashinalarga o‘t qo‘yib, xavfsizlik kuchlariga qarshi to‘qnashuvlarga borishmoqda. Shuningdek, Oyatulloh portretlarini bo‘yashmoqda va yirtib tashlashmoqda. Bu esa mamlakatda o‘ta og‘ir jinoyat hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, norozilik namoyishlari Tehronda axloq polisiyasi tomonidan 22 yoshli Mahsa Amini hijobni noto‘g‘ri o‘ragani uchun hibsga olingani, so‘ngra polisiya mahkamasidan shifoxonaga og‘ir holatda olib ketilib, bir necha soatdan so‘ng vafot etganidan keyin boshlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!