Eronda ham pandemiya tufayli Ramazon tadbirlari to‘xtatilishi mumkin

Eronda ham pandemiya tufayli Ramazon tadbirlari to‘xtatilishi mumkin

Kecha Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xumanaiy koronavirus tufayli mamlakatda muqaddas Ramazon oyi davomida ommaviy yig‘inlar taqiqlanishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Ali Xumanaiy o‘z murojaatida ma’lum qilgan.

«Bu yilgi Ramazon oyida ommaviy yig‘ilishlar, shu jumladan, jamoat namozi, va’zlar va boshqa narsalardan mahrum bo‘lmoqdamiz. Biz bunday ishlarni yolg‘izligimizda bajarishimiz kerak», dedi Xumanaiy.

Ramazon aprel oyining oxirida boshlanib, may oyining oxirigacha davom etadi. Ammo, eronlik amaldorlar muqaddas oyga oid rejalarni hali muhokama qilishgani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!