Erining yolg‘onini yillar o‘tib bilgan ayol ajrashishga ariza berdi

Erining yolg‘onini yillar o‘tib bilgan ayol ajrashishga ariza berdi

Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida yashovchi 80 yoshli ayol erining o‘nlab yillar davomida o‘zini yolg‘ondan kar qilib ko‘rsatganini bilgach, ajrashish uchun ariza berdi.

Doroti Douson erining 62 yillik turmushi davomida bir so‘z demaganligi, u bilan gaplashish uchun esa hatto imo-ishora tilini o‘rganishi kerak bo‘lganini aytdi.

Yolg‘on haqida esa ayol YouTube orqali bilib qoldi: videoda eri jon dili bilan qo‘shiq kuylayotgan edi. Ayolning 84 yoshli turmush o‘rtog‘i esa nikohni qutqarish uchun o‘zini kar qilib ko‘rsatganini ta’kidlamoqda.. Britaniyalikning fikriga ko‘ra, uning xotini juda ham sergap, o‘zi esa juda vazmin inson.

Aytgancha, bu juftlik olti farzandni voyaga yetkazgan. Endi Doroti Douson hislari bilan o‘ynashgani, shuningdek, mol-mulkining yarmi va aliment to‘lashi uchun eridan moliyaviy tovon talab qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!