Erdo‘g‘on AQShni aybladi

Erdo‘g‘on AQShni aybladi

Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQShni kurd jangarilariga qurol-yarog‘ yetkazib berishda aybladi.

“Biz Turkiyaning NATOdagi ittifoqchisi (AQSh) so‘nggi yillarda Suriyaning terrorchilar harakat olib borayotgan hududlariga o‘q-dori va qurol ortilgan minglab yuklarni yuborganidan qayg‘udamiz”, — dedi Erdo‘g‘on.

Prezident “bu kurs Barak Obama prezidentligidan beri davom etayotgani, Donald Tramp davrida ham davom etib, Jo Bayden davrida o‘zgarishsiz qolayotganini” ta’kidladi.

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Anqara Vashingtonga Suriya muammosi yuzasidan o‘z xavotirini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!