Erdo‘g‘an: “Ukrainaga sharaflar bo‘lsin”

Erdo‘g‘an: “Ukrainaga sharaflar bo‘lsin”

Kiyevda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hamda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv aks etgan video tarqaldi.

Videolavhalarda Erdo‘g‘an va Zelenskiy qizil gilamda qanday yurishgani, keyin Turkiya rahbari mikrofonga o‘girilib, harbiylarga murojaat qilgani aks etgan. U "Ukrainaga sharaflar bo‘lsin!” deb aytgan. Harbiylar esa "Qahramonlarga sharaflar bo‘lsin!" deb javob berishgan.

Ukraina Prezidenti devoni matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, uchrashuvga ikki mamlakat rahbarlari yakkama-yakka formatda tashrif buyurishdi. Ular, shuningdek, Strategik kengashning sakkizinchi yig‘ilishida qatnashadilar, ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi va jurnalistlar bilan uchrashadilar.

Kiyevga safari oldidan Erdo‘g‘an, avval muhokama qiladigan narsa, Qrim-tatarlarining yarim oroldagi ahvolini, Turkiya davlati Rossiyaga "qo‘shilish"ni noqonuniy deb bilishini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!