EIning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Toshkentga keldi

EIning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Toshkentga keldi

Toshkentda Markaziy bank rahbariyati va Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan boshchiligidagi Yevropa Ittifoqi, AQSh va Buyuk Britaniya delegasiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, bank rahbariyatining Devid O’Sallivan boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuvda xodimlarning sanksiyalarga rioya qilishi bo‘yicha salohiyatini oshirish imkoniyatlari muhokama qilingan.

"Uchrashuvda Markaziy bank tomonidan mamlakat banklarida sanksiyaviy risklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar borasida axborot berildi. Xususan, sanksiyaviy komlayensga rioya qilishni takomillashtirish va kuchaytirish bo‘yicha tijorat banklari bilan doimiy ish olib borilayotgani qayd etildi", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Muloqot chog‘ida bank tizimi xodimlarining sanksiyaviy komlayens sohasidagi salohiyatini oshirish uchun texnik yordam ko‘rsatish imkoniyatlariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan masalalar bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga kelishib olgani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!