ECHL. «Barselona» yirik hisobda PSVni yengdi, Messidan esa ilk xet-trik!

ECHL. «Barselona» yirik hisobda PSVni yengdi, Messidan esa ilk xet-trik!

Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichidan o‘rin olgan “Barselona” – PSV uchrashuvida mezbonlar yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvda Gollandiya klubi o‘yinni ancha faol boshladi. Lekin, 31-daqiqada Messi jarima zarbasidan gol urgandan so‘ng barchasi o‘zgarib ketdi. Ikkinchi bo‘limni ham yaxshi boshlagan PSV uchrashuvning 74-daqiqasida Dembele hisobni ishonarli holatga olib kelib qo‘ydi. Biroq, 3 daqiqa o‘tkach argentinalik futbolchi dublini rasmiylashtirdi. 79-daqiqada 10 kishi bo‘lib qolgan “anorranglilar” yana bir gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Gol mualiffi yana o‘sha Messi.

Shunday tarzda, Kataloniya klubi, guruhida yetakchiga aylanib oldi. 

Barselona – PSV 4:0

18 sentyabr, 21.55, «Kamp Nou»

Gol: 1:0 – 31 Messi, 2:0 – 74 Dembele, 3:0 – 77 Messi, 4:0 – 87 Messi.

Barselona: Ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Umtiti, Rakitich (Vidal, 85), Buskets, Koutinyo (Langle, 81), Dembele (Artur, 83), Messi, Suares.

PSV: Zut, Shvaab, Tasende, Dumfris, Virgever (Izima-Miren, 66), Xendriks, Pereyro, Losano, Rosario (Gutyerres, 82), Bergveyn (Malen, 78), de Yong.

Ogohlantirishlar: Virgever (30), Umtiti (55), de Yong (57).

Chetlatish: Umtiti (79).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!