DXX: Jinoyatga jazo muqarrar

DXX: Jinoyatga jazo muqarrar

2023 yilning 8 avgust kuni Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Farg‘ona–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan «ISUZU» rusumli avtotransport vositasi Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi «Chinor» YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi, 1976 y.t. T.N.ga (ayol) tegishli polietilen paket ichida 1456 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, u mazkur dori vositalarini notanish shaxsdan 15 mln. so‘mga sotib olib, Toshkent shahriga ketayotgan bo‘lgan. Holat yuzasidan T.N.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 251-1-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan T.N.ga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!