DXX: Davlat chegarasi orqali Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi

DXX: Davlat chegarasi orqali Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi

Giyohvandlik vositalarining kontrabandasiga qarshi kurashish doirasida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bir nechta noqonuniy holatlarga chek qo‘yildi.

Jumladan, “o‘zbek-tojik” davlat chegarasining Samarqand viloyati Urgut tumani Chep qishlog‘i hududidan o‘tgan qismida, noma’lum shaxslar tomonidan Tojikiston Respublikasidan olib kelinib, qoldirib ketilgan 980 gr. “geroin” moddasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Hozirda ushbu giyohvandlik vositasi egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Andijon viloyatida kuzatilgan holatda, Qo‘rg‘ontepa tumanining Qorasuv shahrida yashovchi, 1996 y.t., muqaddam sudlangan shaxs tarkibida “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 30.000 dona “Nervegesic” nomli dori vositasini Qirg‘iz Respublikasidan davlat chegarasi orqali noqonuniy ravishda o‘tkazgan vaqtida ushlandi.

Bunday qonunbuzilishi Namangan viloyatida ham qayd etilib, unda 3121 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan Kosonsoy tumani hududiga o‘tkazgan vaqtlarida 1992 va 1993 yillarda tug‘ilgan 2 nafar mahalliy fuqaro ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.Shuningdek, ularning 1988 va 1993 yillarda tug‘ilgan 2 nafar jinoiy sheriklari ham prosessual tartibda ushlandi.

Hozirda uchala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!