Dunyoning eng tezkor avtomobili ma’lum bo‘ldi

Dunyoning eng tezkor avtomobili ma’lum bo‘ldi

SSC Tuatara giperavtomobili AQShning Nevada shtatidagi 160 davlat avtomagistralida tezlik rekordini o‘rnatdi va dunyodagi eng tezkor avtomobilga aylandi.

Bu haqda Business Insider nashri xabar bermoqda.

Professional poygachi Oliver Uebb tomonidan boshqarilgan o‘rtacha tezligi 316,11 mil (508,7 km/soat), eng tezkor pallada esa 331,15 mil (532,9 km/soat)ga yetgan avtomobilning ko‘rsatkichi 15 ta sun’iy yo‘ldosh yordamida qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, avtomobil 2019 yilda Germaniyadagi Volkswagen Ehra-Lessien ulkan sinov yo‘lida rekord o‘rnatgan Bugatti Chiron Super Sport’ni ortda qoldirgan.

Ars Technica ma’lumotlariga ko‘ra, o‘shanda Chiron Super Sport'ning maksimal tezligi 304,77 mil (490,4 km/soat)ga yetgan.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!