Dunyo okeaniga bir yarim milliarddan ortiq niqob tushishi mumkin

Dunyo okeaniga bir yarim milliarddan ortiq niqob tushishi mumkin

Koronavirus pandemiyasi ekologiya uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Bu yil ishlab chiqarilgan 52 milliard dona tibbiy niqobning 1,5 milliarddan ortig‘i dunyo okeaniga tushadi. Okeanlarni himoya qilish bo‘yicha Oceans Asia guruhi ekspertlari ana shunday xulosaga keldi.

 Hisob-kitoblarga ko‘ra, buning natijasida dunyo okeani 4680—6240 tonna plastik bilan ifloslanadi.

 Qayd etilishicha, niqoblar 450 yilda chiriydigan polipropilendan tayyorlanadi. Vaqt o‘tishi bilan niqobning mikroskopik zarralari ajralib chiqib, okeanlar ekotizimiga xavf soladi.

«Okeanning plastik bilan ifloslanishi oqibatida har yili 100 mingga yaqin sutemizuvchi va toshbaqalar, milliondan ortiq dengiz qushlari va ulardan ham ko‘proq baliqlar hamda umurtqasiz jonivorlar halok bo‘ladi», — dedi Oceans Asia amaliyotchi direktori Geri Stouks.

Uning ta’kidlashicha, okeanlarning ifloslanishi baliqchilik xo‘jaligi va turizm sanoatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi va dunyo iqtisodiyotiga yiliga 13 milliard dollarga tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!