"Crocus City Hall" da teraktni uyushtirishda ayblanayotganlar teraktdan so‘ng o‘zlariga va’da qilingan mukofotni olish uchun Kiyevga yo‘l olganliklarini tan olishdi — Rossiya Tergov qo‘mitasi

"Crocus City Hall" da teraktni uyushtirishda ayblanayotganlar teraktdan so‘ng o‘zlariga va’da qilingan mukofotni olish uchun Kiyevga yo‘l olganliklarini tan olishdi — Rossiya Tergov qo‘mitasi

Boshqarmaning yangi bayonotiga ko‘ra, qo‘lga olinganlar o‘z harakatlarini Telegram orqali ularga noma’lum shaxs muvofiqlashtirib turganligi haqida ma’lum qilgan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda teraktda ayblanayotganlarning ochiq-oydin qiynoqqa solingani aks etgan fotosuratlar va videolar paydo bo‘lgan edi. Sud terakt ishi bo‘yicha jarayonlarni yopiq shaklda o‘tkazishga qaror qilgan.

Rossiya rasmiylari hech qanday aniq dalil keltirmasdan, teraktda Ukrainaning "qo‘li" borligini qat’iy ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, hujum uchun javobgarlikni ISHIDning "Viloyat Xuroson" bo‘limi rasman o‘z zimmasiga olganligi haqida e’lon qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!