Chrome xavfli ekan, Google uni tezda yangilashingizni tavsiya etyapti!

Chrome xavfli ekan, Google uni tezda yangilashingizni tavsiya etyapti!

Google mutaxassislari Chrome brauzerining himoyasida jiddiy tuynuk borligini payqab qolishdi. Xakerlar ushbu zaiflik orqali foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlariga kira olishlari mumkin ekan.

Ma’lum bo‘lishicha, muhofaza tirqishini fevralning oxirlarida aniqlashgan. Bu FileReader to‘plamidagi nosozlik bo‘lib, saytlar u orqali cheklovni aylanib o‘tib, foydalanuvchining qurilmasidagi ma’lumotlarni o‘qishi mumkin ekan. Nafaqat o‘qish, balki hatto unga ziyonkor dasturlarni yuklash va xuddi aslidagidek ma’mur (administrator) huquqi bilan boshqa profil ochish imkoni ham bo‘lar ekan.

Tag‘in, ushbu zaiflik Chrome ning barcha platformalar: Android, iOS, macOS, Linux va Windows uchun ishlab chiqilgan dasturlarida mavjudligi ta’kidlanmoqda.

Xakerlar mazkur nosozlikdan foydalanib sizning smartfoningiz, planshet, kompyuter yoki noutbukingizga kirishlarini istamasangiz, Chrome ni tezda yangilab oling, demoqda Google. Odatda mazkur brauzer avtomatik yangilanish xususiyatiga ega, ammo ko‘pchilik foydalanuvchilar uning bu funksiyasini o‘chirib qo‘yishadi. Shu bois ham xavfsizlik patchlarining mavjudligini tekshirish va ularni o‘rnatib olish kerak.

Barqaror va xavfsiz ishlashi uchun Chrome brauzerining versiyasi kamida 72.0.3626.121 bo‘lishi lozim.

Manba: terabayt. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!